Davomat jonli,
hisobot tayyor

Universitet, institut va texnikumlar uchun elektron davomat: sardor belgilaydi, tyutor nazorat qiladi, dekanat ko'radi.

Yoki qo'ng'iroq qiling: +998 99 571 20 07
30 shar 30 soniyada yangilanadi
4 tilUZ · ЎЗ · RU · EN
QR + GPStalaba o'zi belgilaydi

Qanday ishlaydi

Har bir paraning davomati uch kishi qo'lidan o'tadi. Hammasi bitta tizimda, hech kim hech narsani qayta yozmaydi.

Sardor belgilaydi

Para boshida guruh sardori telefonida ro'yxatni ochadi va kelmaganlarni belgilaydi. Para vaqti tugashi bilan davomat yopiladi.

  • Dars jadvali bo'yicha fan va vaqt o'zi chiqadi
  • Kechikib kelganlar alohida belgilanadi
  • Universitet hududidan tashqarida saqlab bo'lmaydi (GPS)
Sardor telefonidagi davomat olish ekrani

Tyutor nazorat qiladi

Tyutor o'z guruhlarini ko'radi: kim sababsiz qolyapti, kim spravka olib keldi. Istalgan parani o'zi kirib tekshira oladi, bunday parani sardor o'zgartira olmaydi.

Kelmagan talaba haqida xabar tyutorga Telegram orqali keladi. Ko'p dars qoldirayotganlar "Xavf ostidagilar" ro'yxatiga chetlashtirish chegarasiga yetmasdan oldin tushadi.

attendance.uzbot
DI 1/25, 2-para: 2 talaba kelmadiErgasheva Nilufar, Ismoilov Doniyor
Yangi spravka tasdiq kutmoqdaQodirova Shahnoza
Xavf ostidagilar ro'yxatiga tushdiNormatov Bekzod

Dekanat jonli ko'radi

Qaysi guruhda davomat olinmagan, kim kelmagan, qaysi guruhning foizi tushib ketgan, hammasi bitta ekranda. Sahifa har 30 soniyada o'zi yangilanadi.

Dekanat uchun jonli monitoring ekrani

Tizimda yana nimalar bor

Telegram bot

Sardor va tyutorga eslatmalar, kelmaganlar haqida xabar, tizimga Telegram orqali kirish.

Talaba o'zi belgilaydi

"Keldim" tugmasi yoki ekrandagi QR-kod. Kod har 10 soniyada yangilanadi, joylashuv tekshiriladi.

Sababli qoldirish

Spravka tizimga yuklanadi, tyutor yoki dekanat tasdiqlaydi. Dekanat belgilagan 9 ta rasmiy sabab.

Hisobotlar

Excel, PDF va PowerPoint. Har bir hujjatda haqiqiyligini tekshirish uchun QR-kod bor.

Dars jadvali

Universitetning umumiy Excel jadvali bir marta yuklanadi va guruhlarga o'zi taqsimlanadi.

Chetlashtirilganlar

Chetlashtirilgan talabalar ro'yxatda qizil ko'rinadi, ulardan davomat olinmaydi.

Tyutorlar nazorati

Qaysi tyutor guruhiga qachon kirgani va qancha parani o'zi tekshirgani.

To'rt til

O'zbekcha (lotin va kirill), ruscha va inglizcha.

Kimlar uchun

UniversitetlarFakultetlar, kunduzgi va kechki bo'limlar, yuzlab guruhlar.
InstitutlarBitta dekanat va bir nechta yo'nalish uchun ham qulay.
TexnikumlarGuruh rahbari va o'quv bo'limi uchun sodda nazorat.

Narx

Narx muassasa hajmiga qarab kelishiladi.

Talabalar soni, fakultetlar va sizga kerakli imkoniyatlar hisobga olinadi. Yozing: tizimni ko'rsatib beramiz va taklif yuboramiz.

Ko'p beriladigan savollar

Talabalarga telefon yoki internet shartmi?

Yo'q. Davomatni guruh sardori belgilaydi. Talabaning o'zi belgilashi (Keldim, QR-kod) qo'shimcha usul, uni yoqmasa ham bo'ladi.

Sardor davomatni keyin o'zgartira oladimi?

Para vaqti tugashi bilan davomat yopiladi va sardor uni o'zgartira olmaydi. Tyutor tekshirgan parani ham o'zgartirib bo'lmaydi.

Tizimni ishga tushirish uchun nima kerak?

Guruhlar, talabalar ro'yxati va dars jadvali fayldan yuklanadi. Sardor va tyutorlar uchun login-parollar tayyor PDF ko'rinishida chiqadi.

Qaysi qurilmalarda ishlaydi?

Har qanday brauzerda: telefon, planshet va kompyuterda. Telefonga ilova kabi o'rnatib qo'yish ham mumkin.

Tizimni oldin ko'rib chiqsa bo'ladimi?

Ha. Telegram orqali yozing, tizim qanday ishlashini ko'rsatib beramiz.